Yangiliklar

5 Dekabr 2024

KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida tomonidan 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari uchun "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan tadbir avvalida, ishtirokchilarga vatanparvarlik, milliy armiyamizga jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchalar berildi.
Kun tartibiga muvofiq yoshlar, mutaxassislar tomonidan qoʻriqlash xizmatida yaratilayotgan sharoitlar, xodimlarning xizmat olib borish tartibi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Bundan tashqari, oʻquvchilar boshqarmada yaratilgan sharoitlar, xizmat hamda oʻquv xonalari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Shundan soʻng, kamondan otish boʻyicha tashkillangan mashgʻulotda oʻquvchilar oʻz mahoratlarini oshirish imkoniga ega boʻldilar. Tadbir yakunida Fargʻona davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.