QOʻRIQLASH BOSHQARMASI JAMOASI "ITTIFOQ KUBOGI" GʻOLIBIGA AYLANDI
Fargʻona viloyatida Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan kuch tuzilmalari oʻrtasida anʼanaviy sport tadbirlari oʻtkazilmoqda. Shulardan biri sifatida, "Ittifoq kubogi" uchun mini-futbol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilib, yoshlar oʻrtasida sportga qiziqish uygʻotish, vatanparvarlik va yuksak maʼnaviy muhitni targʻib etishga xizmat qildi. Bellashuvlarda kuch tuzilmalaridan tashkil topgan 8 ta jamoalar gʻoliblik uchun kurash olib bordilar. Oʻyinlar shiddatli kurashlarga, yuksak sport mahoratlari va birdamlik ruhiga boy tarzda oʻtdi.
Musobaqa natijalari quyidagicha yakunlandi:
1-oʻrin – Qoʻriqlash boshqarmasi jamoasi;
2-oʻrin – IIB jamoasi;
3-oʻrin – Chegarachilar jamoasi.
Gʻolib va sovrindor jamoalarga maxsus kubok va esdalik sovgʻalar topshirildi. Tadbir davomida sportning ahamiyati, xizmatda va kundalik hayotda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish muhimligi alohida taʼkidlandi. Bellashuvlar orqali kuch tuzilmalari xodimlari oʻrtasida hamjihatlik, doʻstlik va oʻzaro hamkorlik yanada mustahkamlandi.
Bunday musobaqalar Mustaqilligimiz tuhfasi sifatida, el-yurtimiz tinchligi va kuch tuzilmalari hamjihatligining yorqin ifodasi boʻlib xizmat qilmoqda.