Sportning yunon-rum kurashi turi boʻyicha oʻtkazilgan viloyat birinchiligida Qoʻriqlash boshqarmasi jamoasi gʻalaba qozondi
Fargʻona shahrida huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida sportning yunon-rum kurash turi boʻyicha viloyat birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada 6 ta vazn toifasida 60 dan ortiq kurashchilar oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakuniy natijalariga koʻra Qoʻriqlash boshqarmasi jamoasi faxrli 1 oʻrinni egalladi. 2 oʻrin Ichki ishlar boshqarmasi jamoasiga nasib etgan boʻlsa, DXX Chegara qoʻshinlari jamoasi kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Yakunda gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.