YOʻL HARAKATI QOIDALARI BORASIDAGI BILIM VA KOʻNIKMALAR MUSTAHKAMLANMOQDA
Yoʻl transport hodisalari profilaktikasi kuni munosabati bilan Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼullari tomonidan Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari oʻrtasida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida Yoʻl harakati qoidalariga soʻnggi kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, harakat davomida asosiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, yoʻl transport hodisalariga sababchi holatlar va ularni oldini olish borasida belgilangan tezlikni meʼyoridan oshirmaslik, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan xolda hamda texnik nosoz transport vositalarini boshqarmaslik, hushyorlikni taʼminlash borasida gapirib oʻtilib, fikr va mulohaza qilishga undovchi, yoʻl transport hodisalari natijasida yuzaga kelgan ogʻir oqibatlarni oʻzida aks ettirgan videoroliklar namoyish qilindi.
Shuningdek, yigʻilish ishtirokchilarida tugilgan savollarga batafsil javoblar berildi.