PSIXOLOGIK BILIMLAR MUSTAHKAMLANDI
Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixolog-mutaxassislari hamda Andijon davlat Universiteti psixologlari bilan hamkorligida “Hissiy barqarorlik – samarali xizmat asosi” mavzusida amaliy va nazariy mashgʻulotlar hamda interaktiv treninglar oʻtkazildi.
Shu bilan birga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar bilan muloqotga kirishish va jinoyat qilishga moyil boʻlganlarni profayling texnologiyasidan foydalanish boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi.
Mashgʻulot davomida xodimlarni kitob mutolaa qilishda oʻqilgan maʼlumotlarni samarali eslab qolish boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, Samarqand va Buxoro viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari psixologlari tomonidan ham "Qoʻriqlash" tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning psixologik bilimlarini oshirish, xizmat faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida muntazam ravishda xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida turli mavzularda seminarlar va davra suhbatlari olib borilmoqda.
Yosh xodimlarining kasbiy malaka va koʻnikmalarini rivojlantirishning psixologik jihatlarini psixokorreksion mashgʻulotlar orqali ochib berish hamda kelgusida uchrashi mumkin boʻlgan har xil psixologik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan trening mashgʻulotlari xodimlarga ularning hayoti va faoliyatida, oilasida, doʻstlari davrasida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ziddiyatlarning mohiyatini tahlil qilish va hal etish, oʻz oldiga yangi maqsadlarni qoʻyish va mustaqil qarorlar qabul qilishda muayyan yordam koʻrsatishdan iborat ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Bu kabi tadbirlar Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixolog-xodimlari tomonidan ham muntazam ravishda oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, kuni kecha Yangiyer shaharlararo "Qoʻriqlash" boʻlimida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.
Milliy gvardiya xodimlarining kasbiy faoliyatida shaxsning jamoaga, xizmat va oddiy hayot tarzidan farq qiluvchi qatʼiy kun tartibi va shaxslararo munosabatlarga kirishish va moslashish alohida oʻrin tutadi.
Turli xil sharoitlarga moslashish va koʻnikma hosil qilish, xodimlarning xizmat faoliyati davomida kasbiy mahoratini oshirish, oldinga qoʻyilgan vazifalarni yakdil, tez, osonroq bajarishda ushbu trening mashqlarining ahamiyati katta.