Kitob — insoning eng yaqin doʻsti, beminnat ustozi, aql qayrogʻi va bilim manbaidir!
Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasida, "Qoʻriqlash" boshqarmasi va viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda "Men ham harbiy boʻlaman" nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirga viloyat oʻquvchi yoshlari jalb etilib, kitobning qiziqarli va dolzarbligi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ahamiyati, yurtga sadoqat bilan xizmat qilish kabi ezgu gʻoyalarga asoslanganligi haqida soʻz yuritildi.
Shu bilan birgalikda shaxmat va shashka bo‘yicha bellashuvlar, xizmat itlarini chiqishlari, harbiy togʻ tayyorgarligi hamda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarda ishlatilib kelinayotgan qurol-aslahalar koʻrgazmalari koʻrsatilib, ular toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Yoshlar oʻrtasida bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi ular qalbida yurtga sadoqat va vatanparvarlik tuygʻularini shakllanishiga katta xizmat qiladi.