Yangiliklar

12 Yanvar 2024

KITOB – INSONNING ENG YAXSHI DOʻSTI

Kitob – insonning eng yaxshi doʻsti, u kishini fikrlashga undaydi, tafakkur manbaini kengaytirishda muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʻqishga boʻlgan ishtiyoq xalqimizga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi.
Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Namangan shahridagi Elobod MFYda qishki taʼtil vaqtida oʻquvchi yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda aholi va yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida “Bir bolaga bir kitob” shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Badiiy, ilmiy, jahon adabiyotining asarlari, turli janrlarda chop etilgan kitoblar oʻrin olgan yarmarkada nafaqat yosh kitobxonlar, balki ota-onalar ham faol qatnashib, oʻzlariga qiziqarli boʻlgan adabiyot durdonalari bilan tanishib chiqib sotib olish imkoniyatiga ega boʻldilar.