Yangiliklar

27 Iyul 2023

KITOB MUTOLAASI – INSONNI TERAN FIKRGA O‘RGATADI

Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarining sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, kuni kecha Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida "Kitob mutolaasi" tadbirlari doirasida Axmad Farg‘oniy nomidagi axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda xodimlarning kitob o‘qishiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, xodimlarning kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.