Yangiliklar

15 Iyul 2023

KITOB – INSON HAYOT YO‘LINI YORITUVCHI CHIROQ

Kitob o‘qish va kitob bilan oshno bo‘lish insonning hayotda o‘z o‘rnini topishi, ma’naviy yuksalishi bilan bir qatorda uning bilim saviyasini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlikga hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod orasida kitob sevarlar safini kengaytirishga bo‘lgan e’tibor juda yuqori.

Xususan, Namangan viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va boshqarma xodimlari ishtirokida Davlatobod tumanida joylashgan Yangi O‘zbekiston yoshlari Ziyo maskanida o‘quvchi yoshlar bilan "Men sevgan adib" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar bilan dildan suhbatlashilib, sevimli adiblari hamda ularning ijodlari to‘g‘risida munozaralar olib borildi.