Yangiliklar

19 Aprel 2023

KITOB-BEBAHO DO‘ST

Namangan viloyat "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari tashabbusi bilan Davlatobod tumanida joylashgan yoshlar va aholining eng sevimli go‘shasiga aylanib ulgurgan Yangi O‘zbekiston yoshlari ziyo maskanida bugun “Kitob sevar millat” shiori ostida kitobxonlik haftaligining ochilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitob mutolaasiga mehrini oshirish va ajdodlarimiz tomonidan bizlarga qoldirilgan ulkan badiiy merosni avaylab asrashimiz bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, ertamiz egalari ushbu maskandagi yuzlab turli nomdagi kitoblar bilan tanishib, ularni mutolaa qilishlari uchun kutubxonaga ham a’zo bo‘ldilar. Maqsad yigit-qizlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ularni jahon adabiyoti bestsellerlaridan xabardor etishdir.