Yangiliklar

31 Iyul 2024

“KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI" DOIRASIDA KOMPLEKS TARGʻIBOT TADBIRLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

Respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida kompleks targʻibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, Jizzax, Namangan va Samarqand viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalarida hamda boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda oʻquv-amaliy seminar va uchrashuvlar oʻtkazildi.
Hududlarda kiberjinoyatlarni oldini olish hamda aholini kiber olamidagi tahdidlardan ogoh boʻlish, tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinlarini oʻynamaslik, xususan, kiberjinoyatlarning yangi turlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan soxta havolalar va virusli dasturlardan himoyalanish toʻgʻrisida hamda shaxsiy tarkibga xizmat faoliyati davomida internetdagi tahdidlardan ogohlantiruvchi choralarga rioya qilish muhimligi, ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan jinoyatlar salmogʻi keskin ravishda oshib borayotganligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga "Qoʻriqlash" boshqarmasi Kiberxavfsizlik guruhi tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Koʻtarinki ruxda oʻtkazilgan oʻquv-amaliy seminarda shaxsiy tarkibga kelgusida bunday holatlarga tushib qolmasliklari boʻyicha foydali maʼlumotlar yetkazildi.