Yangiliklar

6 Sentyabr 2025

Kiberxavfsizlik – har birimizning shaxsiy xavfsizligimiz asosidir!

Xabaringiz bor, “Xavfsiz kibermakon” tezkor-profilaktik tadbirlari butun mamlakatimiz boʻylab amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tashabbusi bilan shahar va tuman Qoʻriqlash boʻlimlari shaxsiy tarkibi ishtirokida maxsus targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda viloyat IIB Kiberxavfsizlik boʻlimi mutaxassislari ishtirok etib, xodimlarga kibermadaniyat,
shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, internet foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrish hamda kiberhujumlardan saqlanish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.

Aholi oʻrtasida kiberxavfsizlik boʻyicha xabardorlikni oshirish, kiberfiribgarlik qurboniga aylanmaslik uchun esa maxsus tayyorlangan flayerlar tarqatilib, real hayotda uchrayotgan holatlar misolida tushuntirishlar berildi.

Bunday tadbirlar nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, balki keng jamoatchilik oʻrtasida ham kiberxavfsizlikka oid bilim va madaniyatni oshirishga xizmat qiladi.