Kiberxavfsizlik – har birimizning shaxsiy xavfsizligimiz asosidir!
Qoʻriqlanayotgan obyektlarda ishlovchi xizmatchilar hamda tashrif buyuruvchilarga kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi immunitet shakllantirish hamda kiberfiribgarliklardan saqlanish usullari boʻyicha tushuntirish va targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirlarda viloyatlardagi IIB Kiberxavfsizlik boʻlimlari mutaxassislari ishtirok etib, kibermadaniyat, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, internet foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrish hamda kiberhujumlardan saqlanish boʻyicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Bundan tashqari, aholi oʻrtasida kiberxavfsizlik boʻyicha xabardorlikni oshirish, kiberfiribgarlik qurboniga aylanmaslik uchun esa maxsus tayyorlangan flayerlar tarqatilib, real hayotda uchrayotgan holatlar misolida tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, qoʻriqlovda boʻlgan obyektlarga tashrif buyurgan fuqarolar bilan kiberjinoyatlarning yangi koʻrinishlari hamda ulardan himoyalanish usullari toʻgʻrisida huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Bunday tadbirlar nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, balki keng jamoatchilik oʻrtasida ham kiberxavfsizlikka oid bilim va madaniyatni oshirishga xizmat qiladi.