EZGU ISHNI HAR KUNI HAR KIM QILISH KERAK!
Qon inson tanasini muhim hayotiy ehtiyojlar bilan taʼminlovchi vosita. Inson salomatligi bilan bogʻliq sodir boʻladigan kutilmagan holatlarda unga donor qoni zarur boʻlib qoladi. Muntazam tashkil etib kelinayotgan donorlik aksiyalari ana shunday ogʻir ahvoldagi insonlarni hayotga qaytaradi desak mubolagʻa emas.
Ana shu maqsadda hamda 14 iyun – Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari "Men donorman" shiori ostidagi xayriya aksiyalarida qatnashishdi.
Mazkur donorlik aksiyalari surunkali kasalliklar bilan davolanayotgan, turli xil baxtsiz hodisalar tufayli qon va qon preparatlariga muhtoj oilalarga yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etildi.
Xodimlar kimningdir mushkulini oson qilganliklaridan, hayotini saqlab qolishga oʻz boʻlsada oz hissalarini qoʻshganliklaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.