Yangiliklar

24 Mart 2023

KADRLAR ZAXIRASI SHAKLLANTIRILIB, KO‘NIKMALAR SINOVDAN O‘TKAZILDI

Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent mintaqaviy o‘quv markazlarida joriy oyda yana 185 nafar “Qo‘riqlash” xizmati xodimlari boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tkazildi.

O‘quv markazlarida belgilangan reja asosida tinglovchilar jangovar va jismoniy imkoniyatlarini mustahkamlash bilan birga xalqaro tajriba asosida o‘z ko‘nikmalarini ham oshirib bordilar.

Malakali professor-o‘qituvchilardan soha sirlarini o‘rganishar ekan, tinchlik posbonlarining psixologik ko‘nikmalari ham oshirilib, fuqarolar bilan munosabatga kirishishda ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan jihatlar xususida ma’lumotlar berildi.

O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan 185 nafar xodimlarga tantanali tarzda sertifikatlar topshirilib, o‘quv jarayonida safdoshlariga namuna bo‘lgan bir guruh tinglovchilarga markazlar boshlig‘larining tashakkurnomasi topshirildi.