SIFATLI XIZMAT - ISHONCHLI HIMOYA GAROVI! Respublikamiz boʻylab oʻgʻirlik va boshqa turdagi huquqbuzarliklarni oldini olishda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining xizmat turlari asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda. Bu borada hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berilmoqda. Sirdaryo hamda Xorazm viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan shahar-tumanlardagi mahallalarda fuqarolar ishtirokida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Targʻibot va tashviqot ishlari jarayonida mahalla hududidagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar va fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, tariflari, yaratilayotgan imkoniyatlar va sohada hozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda oylik toʻlovlar haqida maʼlumotlar berildi. Yakunda oʻz xonadonlarini va tadbirkorlik obyektlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi. Shuningdek, poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan Toshkent temir yoʻllar texnikumida tashkil etilgan targʻibot tadbirlarida mahallalar fuqarolariga "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, taʼriflari va yaratilayotgan sharoitlar xususida maʼlumotlar berib borildi. Bu kabi uchrashuvlar Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida ham tashkil etildi. Unda xonadonlarga bepul hamda qoʻshimcha ravishda oʻrnatib beriladigan texnik qoʻriqlash vositalari va ularning ishlash mexanizmi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Oʻtkazilayotgan targʻibot va tashviqot ishlari aholi orasida fuqarolarimizning "Qoʻriqlash" xizmati bilan yanada kengroq tanishish imkonini beradi. Bu esa "Хavfsiz xonadon" loyihasini har bir mahallalarga joriy etilishida shuningdek, aholimizning tinchligi va xotirjamligi, huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda, jamiyatimiz farovonligini taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Respublikamiz boʻylab oʻgʻirlik va boshqa turdagi huquqbuzarliklarni oldini olishda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining xizmat turlari asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda. Bu borada hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berilmoqda. Sirdaryo hamda Xorazm viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan shahar-tumanlardagi mahallalarda fuqarolar ishtirokida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Targʻibot va tashviqot ishlari jarayonida mahalla hududidagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar va fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, tariflari, yaratilayotgan imkoniyatlar va sohada hozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda oylik toʻlovlar haqida maʼlumotlar berildi. Yakunda oʻz xonadonlarini va tadbirkorlik obyektlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi.
Shuningdek, poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan Toshkent temir yoʻllar texnikumida tashkil etilgan targʻibot tadbirlarida mahallalar fuqarolariga "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, taʼriflari va yaratilayotgan sharoitlar xususida maʼlumotlar berib borildi. Bu kabi uchrashuvlar Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida ham tashkil etildi. Unda xonadonlarga bepul hamda qoʻshimcha ravishda oʻrnatib beriladigan texnik qoʻriqlash vositalari va ularning ishlash mexanizmi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Oʻtkazilayotgan targʻibot va tashviqot ishlari aholi orasida fuqarolarimizning "Qoʻriqlash" xizmati bilan yanada kengroq tanishish imkonini beradi. Bu esa "Хavfsiz xonadon" loyihasini har bir mahallalarga joriy etilishida shuningdek, aholimizning tinchligi va xotirjamligi, huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda, jamiyatimiz farovonligini taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.