Yangiliklar

14 Aprel 2023

JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULKLARI ISHONCHLI QO‘RIQLOVDA

Kuni kecha Nukus shaharlararo "Qo‘riqlash" bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan Nukus shahrida IIB profilaktik inspektorlari bilan hamkorlikda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlashni ta’minlashda zamonaviy qo‘riqlash signalizasiya uskunalaridan foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga "Qo‘riqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish borasida tushunchalar berildi.

O‘z ob’yekti yoki xonadonini "Qo‘riqlash" xizmatiga topshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga masofadan turib onlayn ko‘rinishda ariza to‘ldirish, oshlik to‘lovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat ko‘rsatish tartiblari haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.