Yangiliklar

9 Noyabr 2023

JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH HAMDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BOʻYICHA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Qoʻqon mintaqasida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkibi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, Fargʻona harbiy prokuraturasi, Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi vakillari hamda Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼullari ishtirok etib, harbiy intizom va huquq tartibotini mustahkamlash, shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrash, yoʻl-transport hodisalari hamda qonun buzilishi holatlarini oldini olish har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidladi. Bundan tashqari shaxsiy va xizmat avtotransport vositalarini boshqarishda harakat xavfsizligiga rioya etmaslikning ayanchli oqibatlari xususida soʻz yuritildi. Shu bilan bir qatorda, xodimlar tomonidan xizmat davomida qoʻl urilayotgan jinoyatchilik holatlari yuzasidan tanqidiy muhokamalar oʻtkazildi.
Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.