JAMOAVIY O‘YINLARDA KUCh VA IMKONIYATLAR SINOVDAN O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Xalq ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilot mutasaddilari bilan hamkorlikda 13 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanlararo "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari tomonidan "Yosh gvardiyachi" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida harbiy sport turlari bo‘yicha tashkil etilgan bahslarda jami 9 ta jamoa ishtirok etdi.
Jamoalar safda yurish, jarohatlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, sport yo‘nalishlari hamda tezkor savol-javoblar yo‘nalishlarida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Bellashuvlarning xar bir bosqichi bo‘yicha yaxshi natijalarni ko‘rsata olgan jamoalar ichida birinchi o‘rinni 36 maktab jamoasi egallab musobaqaning keyinchi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.