Yangiliklar

18 Aprel 2024

VATANIMGA TAYANCHMAN

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni qoʻllab-quvvatlash, sport bilan shugʻullanishlariga undash va vatanparvarlik hissini yanada rivojlantirish maqsadida Buxoro shahridagi 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi, "Qoʻriqlash" boshqarmasi, viloyat harbiy prokuraturasi hamda maktab rahbariyati hamkorligida harbiy-vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida Milliy gvardiya Faxriylar kengashi raisi ishtirokida uchrashuv oʻtkazilib, unda uzoq yillar huquq-tartibot idoralari tizimida samarali faoliyat yuritgan faxriylar, oʻrta yosh avlod vakillari, harbiy xizmatchi va xodimlar, talaba yoshlar ishtirok etdi. Yuzma-yuz muloqotda faxriylar yoshlar bilan hayotiy tajribalarini oʻrtoqlashdi, ertamiz egalarining kelajakda yurt taraqqiyoti uchun munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.
Shundan soʻng “Vatan mening nigohimda” mavzusida rasm chizish tanlovi ham oʻtkazilib, oʻquvchilar oʻzlarining Vatan haqidagi tushunchalarini qogʻozda aks ettirdilar.
Shu bilan birga bir qator sport musobaqalari ham tashkil etildi.
Eʼtirof etish joizki, oʻtkazilgan tadbir davomida yoshlarning Vatan himoyachisi kabi yuksak va sharafli kasb egalariga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi.