Tarixiy haqiqatlar – yanada teranroq anglangan manzil
Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlarining Vatanimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganishlari, buyuk alloma va adiblarimizning bosib oʻtgan shonli yoʻllari bilan yaqindan tanishishlari hamda dunyoqarashlarini yanada kengaytirish maqsadida kuni kecha Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda «Qatagʻon qurbonlari xotirasi» muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Tashriflar davomida xodimlar eksponatlar, qadimiy boy tariximizni oʻzida aks ettiruvchi noyob buyumlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey tadqiqotchilarining taʼkidlashicha mamlakatimizning turli nuqtalaridan keltirilgan ushbu asori-atiqalarni saqlash, ularni taʼmirlash hamda xorijiy mamlakatlardagi insonlar uchun yurtimiz haqida xabar beruvchi ushbu yodgorliklarni asl holatida saqlash juda murakkab jarayon.
Shu bilan birga, xodimlarning xizmatdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va ularni xalqimizning milliy va tarixiy buyumlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Ellikqala, Beruniy va Toʻrtkoʻl tumanlaridagi Qoʻriqlash boʻlimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyining Ellikqala tumani filialiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat ishtirokchilari Oʻzbekistonning Sharq sivilizatsiyasining qadimiy oʻchogʻidan biri boʻlganidan darak berishi bilan birga, muzey, shuningdek oʻzbek xalqi tarixining muhim bosqichlarini aks ettirgan noyob arxiv materiallar, qoʻlyozmalar, tarixiy hujjatlar, fotomateriallar haqidagi qiziqarli maʼlumotlarga ham ega boʻldilar.