Yangiliklar

23 Oktyabr 2023

XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

Kuni kecha Termiz shahridagi Yoshlar markazida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda Termiz harbiy prokuraturasi, Milliy gvardiya viloyat boʻyicha boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi masʼullari tomonidan "KORRUPSIYA jinoyatlari va oʻzgalar mulkini firibgarlik yoʻli bilan talon-taroj qilish bilan bogʻliq jinoyatlar" mavzusida maʼruza qilindi.
Shuningdek, faoliyatda xizmat intizomi va qonunchilik talablarining buzilishi bilan bogʻliq holatlar, shuningdek, yoʻl transport hodisalari xususida alohida toʻxtalib oʻtildi. Tadbirda ishtirokchilarning savollariga masʼullar tomonidan tegishli javob va tushunchalar berildi.