DAVRA SUHBATIDA XIZMAT INTIZOMI BILAN BOG‘LIK MASALALAR MUHOKAMA ETILDI
Termiz shahridagi Yoshlar markazida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Ochiq muloqotlarda Termiz harbiy prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Diniy idora vakillari ishtirok etib, harbiy xizmatchi va xodimlarga xizmat intizomini yanada mustahkamlash, shaxsiy tarkib orasida korrupsion jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, kiberjinoyatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Vatan tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilish eng sharafli burch ekanligi e’tirof etilib, bir kunlik tinchlik yo‘lida qilingan xizmatning savobi ulug‘ligi, bu ne’matning qadriga yetish, o‘z kasbidan faxrlanish, shukronalik hissi bilan yashash oliy qadriyat ekanligi ta’kidlandi.
Muqaddas ro‘za Ramazon oyida yanada hushyor va sergaklikni oshirish, joylarda jamoat tartibini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.
Uchrashuvda mas’ul ofitserlarga bo‘limlarda shaxsiy tarkib bilan profilaktik tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish, xodimlarning mavjud muammolarini o‘rganish va bartaraf etish, ularga qulay xizmat sharoitini yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.