ISLOHOTLAR MAZMUNI TINGLOVCHILARGA YeTKAZILDI
Bosh qomusimizga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar avvalo inson qadrini yuksaltirish, uning qonuniy manfaatlarini mustahkamlash, fuqarolarga yanada qulaylik yaratish kabi ezgu tashabbuslarga qaratilganligi ta’kidlangan muloqotlar kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida tashkil etildi.
“Konstitusiya – erkinliklar kafolati” mavzusida o‘tgan ochiq muloqotlarda asosiy e’tibor qonun hujjatlarining bosh mezoni bo‘lgan konstitusiya modda va boblariga kiritilgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatiga qaratilib,har bir bob bo‘yicha tushuntirishlar berildi.