ISHTIYOQMAND YOSHLARNING IJODIY ISHLAR KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI
Toshkent viloyatida “Tasviriy va amaliy san’at” festivali o‘z atrofiga san’at va hunarmandchilikka ishtiyoqi baland bo‘lgan insonlarni birlashtirdi. Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan yosh iqtidor egalarining ko‘rgazmasi shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi mas’ullari va yoshlar ishlari agentligi mas’ullari ko‘magida tashkil etildi.
Yuz nafardan ortiq ijodkorlarni bir davraga jamlagan festival doirasida rassomlar va umidli hunarmandlarning mingga yaqin ijod namunalari namoyish etildi.