Yangiliklar

3 Iyul 2023

ISHONCHLI XIZMATNI TASHKIL ETISHDA XODIMLARNING SOHAGA OID BILIMLARINI KUCHAYTIRISH USTUVOR JIHATLARDAN SANALADI

Maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan idoraviy qorovullik bo‘linmalari huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik mexanizmini takomillashtirishni vaziyatning o‘zi talab etmoqda.

Qo‘riqlanayotgan ob’yektlarda favqulodda vaziyatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish tartibi bilan har bir idoraviy qorovullik bo‘linmalari xodimlari boxabar bo‘lishlari lozim.

Farg‘ona viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Marg‘ilon shahrida umumta’lim maktablari direktorlari, xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda idoraviy qorovullari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda maktablarda jamoat hamda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda, yigit-qizlar orasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishda ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida so‘z bordi.

Muloqotda davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish lozimli ham qayd etildi.