Yangiliklar

8 Iyul 2023

ISHONCHLI VA SAMARALI XIZMATNI TASHKIL ETISH OMILLARI KUN TARTIBIDA

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida xizmat intizomi asosan axloqiy tamoyillar orqali mustahkamlanadi. Aynan Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasining shahar va tuman "Qo‘riqlash" bo‘limlari xodimlar o‘rtasida ham xizmat intizomini mustahkamlash va qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish masalalari alohida e’tibor qaratilmoqda. Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasining shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbir dastavval joriy yilining birinchi yarim yillik sarhisobi hamda xizmat intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda bugungi kunda xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ushbu kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarga birma-bir to‘xtalib, faoliyati davomida xatoliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida xodimlarning huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish, qonunchilikdagi o‘zgarishlardan ularni xabardor etish masalasiga ham e’tibor qaratilib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni saqlash eng oliy burch ekanligi xodimlarga yana bir bor tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng xizmat davomida jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘ygan harbiy xizmatchi va xodimlarga nisbatan ko‘rilgan choralar aks etgan videorolik namoyish etildi.