ISHONCHLI HIMOYA ZAMONAVIY TEXNIK VOSITALAR ORQALI TA’MINLANMOQDA
Bugun mamlakatimizda davlat ob’yektlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari hamda aholi xonadonlarini xavfsizligini ishonchli ta’minlash borasida "Qo‘riqlash" xizmati o‘zining vazifalarini bajarib kelmoqda.
Bu esa aholi tinchligi va xotirjamligi, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olib jamiyatimiz farovonligini ta’minlamoqda. Sirdaryo viloyati Guliston tumanida joylashgan “Zarbdor” MFYda tuman mahallalaridagi fuqarolarga xodimlar tomonidan xonadon va ob’yektlarini qo‘riqlovga olish borasida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
Targ‘ibot va tashviqot ishlari jarayonida mahalla raislari va fuqarolarga "Qo‘riqlash" xizmatining afzalliklari, xizmat ko‘rsatish turlari, tariflari, yaratilayotgan imkoniyatlar va sohada hozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda oylik to‘lovlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuning bilan birga fuqarolar xonadonlari, ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi savdo do‘konlariga bepul o‘rnatib berilayotgan ogohlantiriluvchi, xabar beruvchi uskunalarni o‘rnatish, bunday zamonaviy texnikalar turli xil jinoyatlar va o‘g‘irliklarning sonining kamayishi, aholi xotirjamligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Aholiga "Qo‘riqlash" xizmati faoliyati haqida ma’lumotlar, ob’yekt va xonadoni texnik qo‘riqlash markazlariga va punktlariga ulab qo‘riqlanishini ta’minlash uchun onlayn arizalar rasmiylashtirish tartibi joriy qilinganligi haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Bu kabi ishlar "Qo‘riqlash" boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.