Yangiliklar

21 May 2023

ISHONCHLI HIMOYA – XOTIRJAM ISHLAR KAFOLATI

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan viloyat miqyosida jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulklarining ishonchli qo‘riqlovini ta’minlash, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda "Qo‘riqlash" xizmatining afzalliklari, zamonaviy qo‘riqlov uskunalari va jihozlari, qo‘riqlash turlari, tariflari hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan keng aholi va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, bu galgi manzil Farg‘ona shahrida bo‘ldi. "Qo‘riqlash" boshqarmasi, Ichki ishlar organlari, “Qo’riqlash servis” unitar korxonasi vakillari hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda navbatdagi targ‘ibot ishlari Farg‘ona shahrida yashovchi aholi va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida moddiy-tovar boyliklarni ishonchli himoyalash borasida xizmatining afzalliklari, maqsad va vazifalari, soha xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, xizmat ko‘rsatishning turlari, tariflari, tezkor harakatlanuvchi guruh imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Integrallashgan qo‘riqlov vositalarining namoyishi esa o‘z xonadonini qo‘riqlovga topshirmoqchi bo‘lgan insonlar uchun juda foydali bo‘ldi deyish mumkin. Targ‘ibot tadbirlari yakunida xonadon va savdo markazlarini yangidan qo‘riqlovga topshirish istagini bildirgan fuqarolar tegishli tartibda arizalar olindi.

Bu kabi tadbirlar hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda o‘z samarasini bermoqda.