Yangiliklar

12 Aprel 2023

INTIZOM – XIZMAT DAVOMIDAGI ENG MUHIM JIHATDIR

Xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ular orasida xizmat intizomini mustahkamlash maqsadida Namangan viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida xodimlar ishtirokida “Qonun ustuvor, jazo muqarrar” mavzusida ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Namangan harbiy prokurori joylarda xodimlar tomonidan sodir etilayotgan intizom buzilish holatlarining oldini olish, shaxsiy tarkib orasida turli noxush holatlarni bartaraf etish, tinchlik posbonlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilik talablarini mustahkamlash, shaxsiy va xizmat avtotransportlarni boshqarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Tadbir so‘ngida sohaga oid qonunchilik holatlaridagi o‘zgarishlar xususida ham so‘z bordi.