Yangiliklar

18 Dekabr 2025

Intizom oyligi doirasida Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari xodimlari bilan xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi

Intizom oyligi doirasida Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari xodimlari bilan xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari hamda IIV SHXXBB Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida yangi yil bayrami arafasida Qoʻriqlash xodimlari tomonidan xizmat faoliyatida korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, xizmat intizomi va amaldagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan muloqotda hushmuomala boʻlish, odob-axloq meʼyorlariga amal qilgan holda xizmat faoliyatini olib borish zarurligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, har bir xodim oʻz xizmat vazifalarini masʼuliyat bilan bajarishi, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash yoʻlida shaxsiy namuna koʻrsatishi lozimligi alohida qayd etildi.