TARGʻIBOT-TASHVIQOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Mamlakatimizda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun daxldorlik hissini va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk jonkuyar, halol, sadoqatli kadrlarni yetishtirishni maqsad qilgan bir qancha tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi oʻquvchi yoshlarida vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish hamda kelgusidagi rejalarini Milliy gvardiya va uning sohaviy xizmatlari bilan bogʻlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi tomonidan targʻibot-tashviqot ishlari oʻtkazildi.
Xususan, Temurbeklar maktabi va Jamoat xavfsizligi universitetlariga qiziqtirish hamda oʻqishga qabul qilish jarayonlarini, oʻquv shakli va shart sharoitlari toʻgʻrisida markazning malakali mutaxassislari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdilar.
Tadbirda oʻquvchi yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga yetarli darajada javob oldilar.