Yangiliklar

10 May 2025

Targʻibotlar mahallalar kesimida davom etmoqda

Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Ushbu tadbirlar davomida xodimlar oʻtgan davr mobaynida hududlarda sodir etilgan oʻgʻirlik holatlari haqida toʻxtalib oʻtib, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish choralarini koʻrish, hushyorlikni oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlashdi.
Mazkur yoʻnalishda Qoʻriqlash xizmatining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish – xavfsizlik va xotirjamlikning kafolati ekanligi tushuntirildi.
Obyekt va xonadonlarga oʻrnatiladigan qoʻriqlov hamda yongʻindan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari haqida toʻliq maʼlumotlar berilib, ishlash tizimi koʻrsatib berildi.
Targʻibotlar davomida ishonchli qoʻriqlash xizmatidan foydalanish istagini bildirgan fuqarolardan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, qoʻriqlovga olish choralari koʻrildi.