AHOLI MOL-MULKLARI HIMOYASI YUZASIDAN TARGʻIBOT TADBIRLARI
Xorazm viloyatida tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolar ishtirokida "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi xizmatlarining afzalliklari yuzasidan viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Yurtdoshlarimizga soha faoliyatining asosiy vazifalari, qoʻriqlash vositalari orqali hududlarda oʻgʻirlik va boshqa turdagi jinoyatlarning keskin kamayganligi va shunga oʻxshash bir qator dolzarb masalalar yetkazildi. Darhaqiqat, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan texnologiyalar asrida xar birimiz xavfsizlik masalasiga alohida eʼtibor qaratishimiz kerakligi ayni haqiqat.
Shuningdek, bu kabi targʻibot-tashviqot tadbiri Fargʻona hamda Jizzax viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan ham tumanlar markazlarida Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda boʻlib oʻtdi.
Tadbirlar davomida fuqarolarga oylik toʻlovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Yakunda esa oʻz xonadonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirganlardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi.
Bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarda oʻtkazilmoqda.