Yangiliklar

5 May 2024

TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida malakali mutaxassislar tomonidan bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulkini ishonchli qoʻriqlanishini yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, obyekt va fuqaro xonadonlarni qoʻriqqa olish tartibi, zamonaviy "Pritok" qurilmalarini ishlash mexanizmi, "Qoʻriqlash" xizmatini tariflari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha fuqarolarga tushunchalar berildi. Shu oʻrinda fuqarolar hamda tadbirkorlar "Qoʻriqlash" xizmati toʻgʻrisida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, obyektlar va fuqaro xonadonlarini ishonchli qoʻriqlovini tashkil etish va ularning daxlsizligini taʼminlash hamda mulkiy turdagi jinoyatlarni oldini olishdan iborat boʻldi.