"HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI" DOIRASIDA TARGʻIBOTLAR BOʻLIB OʻTDI
Payshanba – jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshliqlari birgalikda Jizzax shahrida joylashgan Eski shahar dehqon bozorida targʻibot oʻrganish ishlarini olib bordilar.
Dastlab bozor maʼmuriyati va bozor hududida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning jamoat tartibini saqlash, oʻgʻirlik, tartibsizlik va kelib chiqishi mumkin boʻlgan koʻngilsizliklarni oldini olish boʻyicha amalga oshirgan ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, bozor hududini yoʻnalishli patrul va savdo obyektlarini shartnoma asosida signalizatsiyalari orqali qoʻriqlanishi boʻyicha muzokaralar olib bordilar.
Shundan soʻng masʼullar bozor hududini koʻzdan kechirib, tadbirkor va xaridorlar bilan suhbatlashdi hamda "Qoʻriqlash" xizmatlari va afzalliklari yuzasidan tarqatma materiallar tarqatildi.