Yangiliklar

27 Mart 2023

TARG‘IBOT ISHLARI MARKAZDAN UZOQDAGI FUQAROLAR UCHUN HAM DAVOM ETMOQDA

Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari tomonidan viloyatning chekka hududlaridan biri hisoblangan Qo‘shtepa tumanida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olishda texnik qo‘riqlash markazlari afzalliklari to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib bordilar.

Tadbir mobaynida soha xodimlari tomonidan aholiga, mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olishda "Qo‘riqlash" xizmatining ahamiyati, xizmat turlari ta’riflari yuzasidan ma’lumotlar, shuningdek, aholini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumot va tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng hududda joylashgan savdo do‘konlari, dorixonalar hamda boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan targ‘ibot suhbatlari olib o‘tkazildi.