XODIMLAR BILAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Navoiy viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida viloyat IIB JXX YHXB vakillari hamkorligida shahar-tuman "Qo‘riqlash" bo‘limlari xodimlari ishtirokida videoselektor shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda avtohalokatlarning oldini olish, yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalari, harakat ishtirokchilarining majburiyatlari, davlat yo‘l harakati xavfsizligi sohasida tizimga doir oxirgi qabul qilingan qarorlar yuzasidan so‘z bordi.
Shuningdek, ma’ruzachilar xodimlar o‘rtasida sodir etilgan va ayanchli holatlar bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisalari xususida alohida ta’kidlanib o‘tdilar. Suhbat davomida xizmat intizomi va qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, shaxsiy tarkibning professional salohiyatini yuksaltirish, kasbga sadoqat, har qanday vaziyatda ham yurt ishonchini oqlash borasida alohida so‘z yuritdilar.
O‘z navbatida, tarbiyaviy ahamiyatga ega mavzuda tushuntirish ishlari olib borilib, Vatanga xizmat oliy burch ekanligi yana bir bor eslatib o‘tildi.