Oʻta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining rejasiga muvofiq joriy yilning 2-4 oktabr kunlari vazirlik va tashkilotlarning idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining xizmatchilari oʻrtasida “Eng ilgʻor boʻlinma” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada 14 ta jamoa ishtirok etib, murosasiz kechgan bahslar yakuniy natijalariga koʻra:
Milliy gvardiya “Qoʻriqlash” bosh boshqarmasi jamoasi faxrli 1 - oʻrinni;
Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi 2 - oʻrinni;
"Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati jamoasi 3 - oʻrinni egalladi.
Gʻoliblar Respublika idoralararo komissiyasi rahbarining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.