Yangiliklar

11 May 2023

IDORAVIY QOROVULLIK BO‘LINMALARIDAGI XODIMLARNING BILIMLARI OSHIRILDI

Kuni kecha Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan viloyatdagi korxona va tashkilotlardagi idoraviy qorovullik bo‘linmalarining xodimlarini jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining huquqbuzarliklar va hodisalar yuzasidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarini xabardor qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, xodimalar qo‘riqlanayotgan obyektlarda tartibni saqlash uchun yanada mas’uliyat bilan xizmat olib borishlari lozimligi, sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli huquqbuzarliklarni oldindan baholash kabi kuzatuvchanlik xislatlari rivojlangan bo‘lishi lozimligi tushuntirildi.