Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti va uning hududiy xizmatlari tomonidan mahallalarda xavfsiz, barqaror va osoyishta muhitni yaratish, jamoat tartibi hamda xavfsizligini ishonchli taʼminlash, shuningdek fuqaro xonadonlari va obyektlarini qoʻriqqa olish boʻyicha targʻibot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Samarqand hamda Navoiy viloyatlari Qoʻriqlash xizmatlari xodimlari tomonidan targʻibot-tashviqot ishlari oʻtkazilib, aholiga jinoyatchilikning kelib chiqish omillari, kiberjinoyatchilardan himoyalanish, shuningdek, Qoʻriqlash xizmati afzalliklari, qoʻriqlash signalizatsiya vositalari, ularning turlari, tezkor harakatlanuvchi guruhlar haqida batafsil tushunchalar berildi. Shu bilan birga Qoʻriqlash xizmati afzalliklarini targʻib qiluvchi tarqatma materiallar tarqatilib, aholini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.
Olib borilayotgan ushbu targʻibot tadbirlari fuqarolarning mol-mulkini ishonchli muhofaza qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududlarda tinchlik va osoyishtalik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.