Yangiliklar

30 Mart 2024

HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR XODIMALARI OʻRTASIDA “KOʻPKURASH” MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

Ayol xodimalarni ijtimoiy qoʻllab quvvatlash, ularni jismonan va maʼnan yetuk boʻlib yetishida sportning oʻrni kattadir.

Ana shu maqsadda Andijon viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari oʻrtasida “Koʻpkurash” musobaqasi oʻtkazilib ushbu musobaqaga “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati vakillari hakamlik qildilar.

5 ta yoʻnalishda (100 metrga yugurish, arqonda sakrash, oʻquv qurollarni notoʻliq qismlarga ajratish, oʻquv granatasini masofaga uloqtirish, armrestling) yoʻnalishlarida oʻtkazilgan murosasiz bahslarda 1 va 2 oʻrinni IIB, 3 oʻrinni "Qoʻriqlash" boshqarmasi vakilalari qoʻlga kiritdi.

Hamkorlikda oʻtkazilgan musobaqa yakunlariga koʻra ishtirokchilarga diplom va esdalik uchun sovgʻalar topshirildi.