Yangiliklar

1 Avgust 2023

HUQUQIY SAVODXONLIKNI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibining huquqiy bilimlarini mustahkamlash, sohaga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlardan ularni boxabar etish maqsadida xodimlar uchun Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi o‘qituvchilari tomonidan seminar tashkil etildi.

Unda asosiy e’tibor "Qo‘riqlash" xizmatini olib borishdagi huquqiy asoslar, qonunchilikda xodimlar uchun keltirilgan vakolatlar kabi ustuvor jihatlarga qaratildi.

So‘z olganlar har qanday tizim rivoji uchun avvalo undagi huquqiy normativ hujjatlarni puxta o‘zlashtirish, vakolat doirasida rasmiylashtiriladigan bayonnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shu bilan birga tinchlik posbonlari o‘z hak-huquqlarini ham zarur holatlarda unutmasliklari tushuntirildi.

"Qo‘riqlash" xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi muhim yo‘nalishlarda ham tushunchalar berildi.