HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH MAQSADIDA TARG‘IBOT O‘TKAZILDI
Andijon viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari viloyatdagi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilayotgan xodimlar bilan hamkorlikda hududlarda jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mulkiy turdagi jinoyatlar kelib chiqish sabablari, “Qo‘riqlash” xizmatining afzalliklar bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Targ‘ibot Andijon shahrining “Sog‘lom avlod” mahallasida tashkil etilib, mutasaddilar fuqarolarga mahallada huquqbuzarliklar sodir etilishi, mol-mulklarni noqonuniy o‘zlashtirishga urinish kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida “Qo‘riqlash” xizmatiga xonadonlarni topshirishlari taklif etilib, ushbu jarayonda talab etiladigan hujjatlar, shartnomalarni rasmiylashtirish hamda to‘lov turlari haqida tushunchalar berildi.
So‘ngra ushbu hududda faoliyat yuritayotgan savdo do‘konlari, ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarga kirilib "Qo‘riqlash" xizmatida keng foydalanib kelinayotgan integrallashgan texnik vositalar xususida ma’lumotlar berildi. Qo‘riqqa olingan do‘konlardagi texnik qo‘riqlash vositalari nazoratdan o‘tkazilib,ish holati tekshirib ko‘rildi.