HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI MUNOSABATI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy bilim saviyalarini yanada oshirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Toshkent harbiy prokuraturasi masʼul xodimlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Taklif etilgan maʼruzachi tomonidan soʻnggi vaqtlarda Qurolli kuchlar tizimida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar tomonidan sodir etilgan qonun buzilish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari yetkazilib, mazkur holatlardan har bir xodim oʻziga tegishli xulosa qilishi, qonun buzilishi va turli xildagi favqulodda holatlarning sodir etilishini oldini olish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada boʻlish, ular bilan nosamimiy munosabatga kirishmaslik, qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni oʻynamaslik, ularning ayanchli oqibati borasida zaruriy maʼlumotlar yetkazildi.