HUDUDLARDA TARG‘IBOTLAR DAVOM ETMOQDA
O‘g‘irlik, talonchilik kabi jinoyatlarning barvaqt oldini olish, mol-mulklar daxlsizligini ta’minlashda Milliy gvardiya "Qo‘riqlash" bo‘linmalarining mavjud imkoniyatlari, qulayliklari xususida hududlarda muntazam ravishda targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Kuni kecha Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi savdo majmuasidan birida hamda hududdagi ko‘p qavatli uylar atrofida navbatdagi profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolarga ko‘rgazmali jihozlar yordamida xonadon va obyektlarda o‘rnatiladigan qo‘riqlov signalizatsiya vositalari, ularning ishlash tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. "Qo‘riqlash" xizmati ko‘rsatish turlari, afzalliklari tushuntirildi.