Yangiliklar

23 Oktyabr 2023

"QOʻRIQLASH" XODIMLARI TOMONIDAN SAKSOVUL OʻSIMLIGI NOQONUNIY TALON-TAROJ QILINISHI OLDI OLINDI

Joriy yilning 22 oktabr kuni soat 04:00 larda Tuproqqala tumani "Qoʻriqlash" boʻlimi tomonidan qoʻriqlanib kelinayotgan Amudaryo temiryoʻl koʻprigidan davlat raqamisiz harakatlanib kelayotgan "GAZ-53" rusumli yuk avtomashinasi toʻxtatilib tekshirilganda, Qizil kitobga kiritilgan saksovul oʻsimligini noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi. Olib borilgan dastlabki surishtiruv natijasida ushbu avtomashina haydovchisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va IIO YPX xodimlaridan aylanma yoʻllar bilan qochib ketayotganligi maʼlum boʻlgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.