Yangiliklar

29 Iyun 2023

XODIMALAR MEHNATI E’TIROF ETILDI

Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan tizimda xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Unda "Qo‘riqlash" xizmatida xotin-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bugungi kunda ayol xodimalarni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi hamda ular tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar muhokama etildi. Oilaviy nizolarni bartaraf etish va xizmatni samarali tashkil etishda zarur bo‘lgan taklif va tavsiyalar berib borildi.

Ko‘p yillardan buyon samarali xizmat olib borayotgan xodimalar e’tirof etilib, mazkur sohaning qiyinchiliklarini yengib o‘tishda o‘z xizmatdoshlariga o‘rnak ekanliklari ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida xodimalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar olish imkoniga ega bo‘ldi.