YUKSAK HUQUQIY MADANIYAT – TARAQQIYOT KAFOLATI
Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida oʻquv-seminar tashkil etildi.
Yigʻilishda viloyat Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi 2-darajali yurist O.Muhammadiyev ishtirok etib, yigʻilganlarga Oʻzbekiston Respublikasida Mehnat qonunchiligi hamda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib orasida xizmat intizomini yanada mustahkamlash hamda huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish boʻyicha tashkil etilish lozim boʻlgan tadbirlar muhokama qilindi.
Tadbir soʻngida shaxsiy tarkib orasidagi muammolarni oʻrganish, ularni erta aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida masʼullarga zaruriy koʻrsatmalar ham berildi. Shundan soʻng ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldi.