Yangiliklar

24 Avgust 2024

Hashar – qadriyatlarimiz koʻzgusi

Uy-joylar, koʻchayu hovlilarini, ishxonalar atrofini ozoda, saranjom holatda saqlash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanaladi.
24-25-avgust kunlari respublikamiz boʻylab “Mahalla obod – yurt obod!” shiori asosida umumxalq xayriya hashari munosabati bilan "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida ham ushbu ezgu tashabbus davom ettirildi.
Xodimlar erta tongdan maʼmuriy binolar atrofini, xizmat xonalarini, koʻchalar va ariqlar atrofini tozalab, anvoyi gullar, turli daraxt koʻchatlarini ekdilar. Hashar davomida xodimlar oʻzlari xizmat olib borayotgan maskanlarni koʻkalamzorlashtirish,tevarak-atrofni tartibga keltirish ishlarida faol qatnashdilar. Obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borildi.
Bir soʻz bilan aytganda, oʻtkazilgan umumxalq xayriya hashari yurtdoshlarimiz va xodimlarning ahilligi, hamjihatligining yana bir yorqin namunasi boʻlishiga shubha yoʻq.